1

Dunyo bo`yicha Nobel mukofotiga nomzodlar soni 329 nafarga etdi

Dunyo 28.02.2018, 14:27
Dunyo bo`yicha Nobel mukofotiga nomzodlar soni 329 nafarga etdi

2018 yilda Nobel mukofotini olishga 329 nafar nomzod da`vogarlik qilmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nobel mukofotini topshirish qo`mitasining ma`lumot berishicha, mukofotni qo`lga kiritish uchun 217 nafar jamoatchilik arbobi va 112 nafar tashkilot da`vogarlik qilmoqda. O`tgan yili mukofotga 215 nafar jismoniy shaxs va 103 nafar jamoatchilik arbobi hamda xalqaro tashkilotlar da`vogarlik qilgan edi.

Nobel jamg`armasining qonun-qoidalariga binoan mukofotga da`vogarlik qilganlarning ismi-sharifi oshkor etilmaydi va 50 yil mobaynida sir tutiladi.

Nobel mukofoti kimga nasib etishi oktyabr oyida, Oslo shahrida e`lon qilinadi. Mukofotni topshirish marosimi esa dekabr oyida bo`lib o`tadi.

2017 yilda Nobel mukofoti yadro qurolini taqiqlovchi ICAN Xalqaro kampaniyasiga topshirilgan edi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1