AsosiyJamiyat

FVV kuchli yomg`ir va sel kelishidan ogohlantirmoqda

'FVV kuchli yomg`ir va sel kelishidan ogohlantirmoqda 'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 1-2 mart kunlari respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligidan ogohlantirmoqda.

Gidrometeorologiya xizmati Markazining xabarnomasiga asosan, 1 mart kuni respublika hududida yomg`ir yog`ishi, ba`zi joylarda kuchli yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi, joylarda shamol tezligi 17-22 m/s (61-79 km/soat) gacha esishi va 23-28 m/s (83-101 km/soat) gacha kuchayishi mumkin.

Shu bois FVV aholidan ehtiyot choralarini ko`rishni so`ramoqda.

Xabarda bildirilishicha, 1 mart kuni havo harorati kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq, 2 mart kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar