1

Floridada maktab o`quvchilarini portlatish bilan tahdid qilgan o`smir qo`lga olindi

Dunyo 28.02.2018, 14:51
Floridada maktab o`quvchilarini portlatish bilan tahdid qilgan o`smir qo`lga olindi

Amerikaning Florida shtatida maktab o`quvchilarini portlatish bilan tahdid qilgan, qo`lbola bomba saqlagan 16 yoshli o`smir qo`lga olindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Bu haqda Brouard okrugi sherifi ofisining rasmiy sayti xabar berdi.

Polisiyaning ma`lumot berishicha, onlayn o`yin o`ynayotgan o`smir 26 fevral kuni portlatish haqida qo`rqinchli xabar berdi.

Shundan keyin o`smirning uyi tintuv qilindi, uning yashash joyidan qurol va qo`lbola bomba topildi. Voqea joyiga sapyorlar etib keldi. O`smirga nisbatan uyda noqonuniy ravishda portlovchi modda saqlash aybi qo`yildi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1