1

Chexiyada uch hafta davomida 50 kishi grippdan olamdan o`tdi

Dunyo 28.02.2018, 15:49
Chexiyada uch hafta davomida 50 kishi grippdan olamdan o`tdi

Chexiyada tarqalgan gripp epidemiyasi oqibatida 50 kishi hayotdan ko`z yumdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, olamdan o`tganlarning 43 nafari yoshi 60 dan yuqori bo`lgan odamlardir. Ularda boshqa kasalliklar ham mavjud bo`lgani sababli grippni ko`tara olishmagan. Qolgan 7 nafar vafot etgan odam 25 yoshdan 59 yoshgacha bo`lgan.

Bundan tashqari, 199 nafar odam og`ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Umumiy hisobda mamlakatda 1,95 ming kishi grippga chalingan. Aksariyat kasalxonalarga boshqa odamlarning kirishi taqiqlangan.

Shifokorlarning taxminicha, epidemiya yana bir necha hafta davom etadi, uning eng avj pallasi ortda qolgan. O`tgan yili ham xuddi shu davrda gripp epidemiyasi tufayli 114 kishi olamdan o`tgan, 300 kishi kasalxonaga yotqizilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1