1

Afg`onistonda tolibonlar 20 nafar avtobus yo`lovchilarini o`g`irlashdi

Dunyo 28.02.2018, 16:02
Afg`onistonda tolibonlar 20 nafar avtobus yo`lovchilarini o`g`irlashdi

“Tolibon” radikal harakati jangarilari Afg`onistonning janubiy qismida avtobusda bo`lgan 20 nafar yo`lovchini o`g`irlashdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Voqea seshanba kuni ro`y bergan. Kandahor va Uruzgan viloyatlarini bog`lab turuvchi avtomagistralda ketayotgan avtobusga hujum qilgan “Tolibon” jangarilari 20 nafar yo`lovchini o`g`irlashdi.

Kandahor polisiyasi vakillari mazkur ma`lumotni taqdiqladi. So`nggi oylarda Afg`onistonda vaziyat keskinlashgan. Ilgari mamlakatning qishloq tumanlarini nazorat qilgan “Tolibon” radikal harakati jangarilari endi yirik shaharlarga hujum qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat hududida “Islom davlati” terrorchilik guruhining ta`siri ham kuchaygan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1