O`zbekistonning ayrim hududlaridagi davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar to`lovi miqdori pasaytiriladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoevning «Davlat maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to`lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida ko`zda tutilgan, deya xabar beradi O`zA.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog` va G`uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako`l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo`rg`on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to`lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatda ikki barobar pasaytiriladigan bo`ldi.






