1

Turkman ayollari 8 martda prezidentdan $11 sovg`a olishadi

Dunyo 01.03.2018, 10:27
Turkman ayollari 8 martda prezidentdan $11  sovg`a olishadi

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan turk man ayollari mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nomida 40 manat ($11) dan bayram sovg`asi olishadi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Prezident farmoniga binoan mazkur sovg`a turli davlat tashkilotlarida, xuususiy korxonalarda, muassasalarda ishlovchi, pensiyadagi, aspirantura va doktoranturada, klinik ordinaturalarda ta`lim oluvchi, Davlat xizmati akademiyasi tinglovchi xotin-qizlarga beriladi.

Shu bilan birga bayram sovg`asidan talaba, maktab o`quvchilari va bolalar bog`chalari tarbiyalanuvchilari bo`lgan qizlar ham benasib qolmaydi.

Ayollarga 8 mart munosabati bilan 40 manatdan sovg`a berishni Turmanistonning ilk prezidenti Saparmurot Niyozov an`anaga kiritgan edi. Turkmanistonda 40 manatga bir kiyimlik shtapel xarid qilish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1