AsosiyDunyo

Yaponiyada Simmoe vulqoni uyg`ondi

'Yaponiyada Simmoe vulqoni uyg`ondi'ning rasmi

Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kirisima tog`ida Simmoe vulqoni uyg`ondi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Meteorologlar mahalliy vaqt bilan soat 08.50 da vulqonning otilganligini qayd etishdi. Hududda ob-havo yomonligi, ko`rishning qiyinligi tufayli ayni paytda meteorologlar vulqondan tutun ko`tarilayotganini aniqlay olishmayapti.

Ma`lum qilinishicha, vulqondan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan Miyadzaki prefekturasidagi aholi punktiga vulqon kuli etib kelgan.

Simmoe vulqoni so`nggi marta o`tgan yilning oktyabr oyida otilgan bo`lib, uning tutuni 300 metrgacha ko`tarilgan edi. Hududda favqulodda holat e`lon qilindi va odamlarni zudlik bilan evakuasiya qilishga tayyorgarlik ishlari boshlandi.




    Boshqa yangiliklar