AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda noqonuniy saqlanayotgan qurol-yarog`lar aniqlandi

'Qoraqalpog`istonda noqonuniy saqlanayotgan qurol-yarog`lar aniqlandi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida bir nechta fuqarolarning qurol-yarog`larni noqonuniy saqlanayotganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasining rasmiy veb-saytida ma`lum qilindi.

Jumladan, Nukus tumanida fuqaro Q.D ning xonadoni uning roziligi bilan xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi va hovlisining orqa tomonida joylashgan molxonasi yonidagi qamishlar orasiga 2 dona ov miltig`i, 23 dona gilza, 34 dona kapsyullarni nokonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlangan. Ma`lum bo`lishicha, fuqaroda qurollarni saqlash bo`yicha hech qanday hujjat bo`lmagan.

Shuningdek, Qo`ng`irot tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, A.A ning xonadonidan kalibri 16 mm bo`lgan 1 dona bir stvolli ov miltig`i va 3 dona gilzalarni noqonuniy ravishda yashirgan holda saqlab quyganligi aniklandi. Kegeyli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.T ning xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq ko`zdan kechirilganda, bu erda 1 dona ikki stvolli ov miltig`i hech qanday hujjatlarsiz saqlayotganligi fosh bo`ldi.

Qoraqalpog`iston temir yo`l stansiyasida «Volgograd – Toshkent» yo`lovchi poezdi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida respublikamiz fuqarosi B.P yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 9 kg. ov miltig`ining droblarini noqonuniy ravishda Rossiya Federasiyasidan mamlakatimizga olib kelayotganligi aniklandi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo`llanildi.

Raqamlarga murojaat qilsak, Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yil davomida 6 ta o`q otar qurol, 15 dona o`q, 103 dona gilza, 10 kg drob, 2124 dona kapsula, 26 gr. porox, 496 dona pnevmatik patronlar, 912 dona pnevmatik o`qlar kapsulasi, 1 dona gazbalonli to`pponcha, 13 dona elektroshokerlar daliliy ashyo tariqasida olib qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar