Zimbabve (Afrikada)dagi Xvange milliy bog`ida 20 ta sherdan iborat to`da brakonerlar guruhiga hujum qildi, deb yozadi National Geographic.
Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan o`n brakoner birorta ham o`q uzishga ulgurmay qolgan. Natijada besh kishi halok bo`ldi, uch kishi og`ir, ikki kishi engil jarohatlar oldi, jonivorlarga esa zarar etmagan.
Zimbabveda bunday qonunbuzarlik uchun 25 yillik qamoq va 100 ming dollargacha jarima ko`zda tutilgan. Davolanib bo`lgach, brakonerlar sudda qilmishlari uchun javob berishadi.






