AsosiyDunyo

Endi koreyslar kamroq ishlab, ko`proq farzand ko`rishga majbur bo`lishadi

'Endi koreyslar kamroq ishlab, ko`proq farzand ko`rishga majbur bo`lishadi'ning rasmi

Janubiy Koreya milliy kengashi ish haftasini 68 soatdan 52 soatga qisqartirish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Bu narsa farzand ko`rish sur`atiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, deb hisoblanmoqda. Qonun iyul oyida kuchga kiradi va eng avvalo yirik kompaniyalarda qo`llanadi. Ish vaqtini qisqartirish yaqinda saylangan prezident Mun Chje Inning tashabbusidir. U yilning boshida eng kam oylik ish haqini 16 foizga oshirgan edi.

Qabul qilingan qonun loyihasiga ko`ra, ish haftasi 40 soatdan iborat bo`ladi, 18 yoshgacha bo`lganlar esa 35 soat ishlari mumkin. Janubiy Koreya iqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining hisob-kitob qilishicha, mazkur qonun loyihasini amalga oshirish ish beruvchilar uchun yiliga 11 milliard dollarga tushar ekan.

    Boshqa yangiliklar