AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan yili YTHlar oqibatida 2500 ga yaqin fuqaro vafot etgan

'O`zbekistonda o`tgan yili YTHlar oqibatida 2500 ga yaqin fuqaro vafot etgan'ning rasmi

Xalqaro press klub sessiyasida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi «Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorida belgilangan vazifalar muhokama etildi, deb xabar berdi O`zA.

O`zbekistonda 2017 yilda 10 mingdan ziyod yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Oqibatda 2500 ga yaqin fuqaro vafot etgan. Bunday hodisalarning oldini olish maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017 yil mart oyidan Toshkent shahrida kompyuterlashtirilgan yo`l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi ishga tushirildi, bu tizim viloyatlarda ham keng joriy etilmoqda.

2018 yil 1 iyundan yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish davlat ta`lim muassasalari, nodavlat ta`lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyaga ega bo`lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bu jarayonda ularga bir qator me`yoriy talab va shartlar qo`yildi. Jumladan, haydovchilar malakasini oshirishni maqsad qilgan davlat yoki nodavlat ta`lim muassasalari, avvalo o`quv jarayonida darslar o`zlashtirilishini oshirishga yo`naltirilgan o`qitish monitoringini olib borishi, rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishi, animasiya effektlari va videokontentga ega elektron o`quv-uslubiy qo`llanmalarning mavjudligiga alohida e`tibor qaratishi shart.

    Boshqa yangiliklar