Qirg`iziston Bosh vaziri Sapar Isakov milisiyani polisiya etib qayta nomlashni taklif etmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg`iziston.
"Milisiya — bu sovet davridan qolgan avtoritar militaristik tuzilma, u jarayon va statistikaga asoslangan. Polisiya vazifasiga esa jamoatchilik bilan hamkorlik qilish kiradi. Hozirda mutaxassislarimiz boshqa mamlakatlar tajribalarini o`rganishmoqda. Men muhim omil sifatida ushbu topshiriqni berganman", — degan Isakov.
Isakovga ko`ra, qayta nomlash qo`shimcha mablag`ni talab qilishi tufayli, ushbu jarayon reja asosida, barcha plyus va minuslar yaxshilab o`rganilgach, amalga oshirilishi lozim.






