Xitoyning Xunun provinsiyasidagi Xenyan shahridagi restoranlardan birida taomni vaqtida etkazib bermagan ofisant qizni mijozlar sekin harakatlanishda ayblab, kaltaklashdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Avvaliga mijozlardan biri ofisiant qizning yuziga musht tushirdi. Keyin uning yonida bo`lgan ayol ham ofisiant qizning sochidan tortib, boshiga urdi. Boshqa mijozlar esa stol ustida turgan idishlarni uloqtirishdi.
Ofisiant qiz jiddiy jarohat olmadi, ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda. Restoran egasining bergan ma`lumotiga ko`ra, huquq-tartibot idorasi xodimlari bezorilardan birini qo`lga olgan.






