O`zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaevaning oilasida sodir bo`lgan quvonchli voqea bilan ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida bo`lishdi...
Gap shundaki, el suygan san`atkor, vanihoyat, qiz nabirali bo`ldi.

U kecha hisob bo`yicha oltinchi nabiraning sevimli buvijonisiga aylandi.  

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston xalq artistining beshta nabirasi ham o`g`il edi.
Shu fursatdan foydalanib, biz ham baxtiyor buvijonni ushbu kun bilan chin dildan tabriklaymiz.






