Toshkent xalqaro aeroportida yaqin ikki oy ichida yangi terminal ishga tushadi.
“Xalqaro yo`nalishlarga xizmat ko`rsatuvchi terminal 1 soatda 500dan ortiq yo`lovchi qabul qilishi mumkin. Bu erda yo`lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi. Biz to`rtta yuk o`tkazish yo`lagi qurayapmiz. Ularning har birida bagaj qaysi parvozga taaluqli ekanligigi ko`rsatiladi. Bu xizmat ko`rsatish sifatini oshirib uni jahan standartlarigacha etkazish imkonini beradi”, — dedi O`zbekiston havo yo`llari rahbarining birinchi o`rinbosari, xalqaro press-klubda bo`lib o`tgan anjumanda.
Uning so`zlariga ko`ra, Milliy aviakompaniya yangi terminalda bir necha innovasion loyihalarni ishga tushirishni hamda WiFi aloqasi sifatini yaxshilashni rejalashtirgan. Shu bilan bir vaqtda yangi terminal paydo bo`lishi, hozir ishlayotgan terminal faoliyati to`xtatiladi degani emas.
“Hozir ishlayotgan “Toshkent-2” terminali faoliyatini vaqt talablariga ko`ra takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Yo`lovchilar o`tish tezligini oshirish maqsadida, biz barcha xodimlarni, jumladan bojxona nazoratchilarini ham, qo`shimcha tayyorlovdan o`tkazamiz”, — dedi Husanov.
Toshkent xalqaro aeroporti – bu O`rta Osiyodagi eng yirik aviasiya majmuasidir. Uning tarkibiga havo kemalari va yo`lovchilarga xizmat ko`rsatuvchi ko`plab tuzilmalar kiradi.
Aeroportda barcha samolyot turlarini qabul qilish imkoniga ega bo`lgan, xalqaro ICAO standartining ikkinchi kategoriyasiga kiruvchi, ikkita uchish-qo`nish yo`laklari bor. Shuningdek, aeroport uzoq va o`rta masofalarga uchuvchi samolyotlar turar joylari bilan jihozlangan, umumiy maydoni 100-110 gektar bo`lgan, perron bor.






