AsosiyJamiyat

Bosh prokuratura Mira`lam Mirzaev ushlanganligi haqidagi xabarga raddiya berdi

'Bosh prokuratura Mira`lam Mirzaev ushlanganligi haqidagi xabarga raddiya berdi 'ning rasmi

Bosh prokuratura Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o`rinbosari M.Mirzaev va uning oila a`zolari ushlanganligini rad etdi.

"Internet tarmog`ida O`zbekiston sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha Toshkent shahar prokurorining sobiq birinchi o`rinbosari M.Mirzaev va uning oila a`zolari ushlanganligi to`g`risida xabar tarqatilgan. Bosh prokuratura ushbu ma`lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma`lum qiladi.", — deyilgan Bosh prokuratura xabarida.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165, 205, 210-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar