AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" yo`lovchilar uchun bahoriy yangiliklar joriy etdi

'"O`zbekiston havo yo`llari" yo`lovchilar uchun bahoriy yangiliklar joriy etdi   'ning rasmi

Shu yil 1 martdan boshlab "O`zbekiston havo yo`llari"ning 5 soatdan ortiq davom etadigan parvozlarida biznes-klass yo`lovchilari uchun yangi dizayndagi va tarkibdagi yo`l to`plamlari taklif etiladi. Bu haqda "O`zbekiston havo yo`llari" MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parvoz paytida zarur bo`ladigan servis ashyolaridan tashqari unga kosmetik vositalar – Fransiyaning parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqaradigan taniqli kompaniyasining qo`l uchun namlantiruvchi kremi, lab uchun balzam ham kiritilgan.

Dorojny nabor novogo dizayna i soderjaniya v samoletax kompanii Uzbekiston xavo yullari

"MAKning o`rta masofadagi qatnovlarining biznes klass yo`lovchilari uchun ham yo`l to`plamlari yangilandi va to`ldirildi. Yo`l qalin jo`n ro`mollari va yostiqlarning dizayni va sifati ham o`zgardi. MDH mamlakatlariga Boeing 767 va Boeing 787Dreamliner havo kemalarida bajariladigan qatnovlarda parvoz qulay o`tishiga imkon beradigan ergonomik yostiqlar taklif etiladi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, yo`lovchilarning istaklarini hisobga olgan holda MAK xalqaro qatnovlarida sahn ovqatlari turlari yangilandi. Biznes-klass yo`lovchilari menyusiga yangi turdagi yaxna ovqatlar, desertlar va issiq ovqatlar kiritildi.

Dorojny nabor novogo dizayna i soderjaniya v samoletax kompanii Uzbekiston xavo yullari

Xabarda qayd etilishicha, aviakompaniya mutaxassislari servisni yanada yaxshilash bo`yicha ishlarni davom ettiradilar va yo`lovchilar bu yangiliklarni munosib baholaydilar deb umid qiladilar.

"O`zbekiston Havo yo`llari" MAK – bugun O`zbekistonda yagona aviakompaniya bo`lib, u respublikadagi barcha havo transporti infraqurilma ob`ektlari va fuqaro aviasiyasi samolyotlarni boshqaradi. Bugungi kunda kompaniya parkida 30dan ortiq xorijda ishlab chiqarilgan samolyotlar bor. MDH va xorijiy davlatlarning 40dan ortiq shaharlariga doimiy parvozlar yo`lga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar