Kecha, 1 mart kuni Qozog`istonning Mang`istov viloyati, Mang`iston tumanining hududidan o`tuvchi “Oqtov – Beynov” avtoyo`lida “Shacman” yuk mashinasi (davlat raqami – 737 DPA/12) va “Lada Largus” engil avtomobili (davlat raqami – 90 S 830 JA) bilan to`qnashuvi oqibatida o`zbekistonlik fuqarolar halok bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTH oqibatida avtomobil yonib ketgan va voqea joyida 7 fuqaro, shu jumladan, 6 nafar O`zbekiston fuqarosi halok bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi.
O`zA muxbiriga O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatidan ma`lum qilishicha, halok bo`lgan fuqarolar shaxsi aniqlangan va ularning 7 nafari ham O`zbekiston fuqarosi.
Quyida ularning shaxsini qo`shimcha kiritgan holda, takroran ma`lum qilamiz:
1. Allayarov Rasulbek Qo`ziboevich – 23.02.1981 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, Gulchi ko`chasi, 19-uyda istiqomat qilgan (haydovchi).
2. Dushamov Zokir Quronboevich – 11.04.1977 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, «Chukli» QFYda istiqomat qilgan (yo`lovchi).
3. Rahimov Sherzod Saparboevich – 12.07.1980 y.t., Xorazm viloyati Shovot tumani, «Guliston» shaharchasida istiqomat qilgan (yo`lovchi).
4. Beknazarov Mardonbek Xushnud o`g`li – 27.10.1995 y.t., Xorazm viloyati, Bog`ot tumani “Nayman” QFYda istiqomat qilgan (yo`lovchi).
5. Madaminov G`ayrat Ro`zmatovich – 13.10.1985 y.t., Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Gurlan shaharchasi, Maxtumquli ko`chasi, 34-uyda istiqomat qilgan (yo`lovchi).
6. Boltaev Mahmudjon Soburjon o`g`li – 21.09.1995 y.t., Xorazm viloyati, Yangiariq tumani «Ostona» QFYda istiqomat qilgan (yo`lovchi).
7. Masharipov Sanjar Turdievich – 20.06.1991 y.t., Xorazm viloyati, Yangiariq tumani “Ostona” QFYda istiqomat qilgan (yo`lovchi)
Ayni paytda mamlakatimizning Qozog`istondagi elchiligi mas`ullari voqea joyida bo`lib, halok bo`lganlarni O`zbekistonga olib kelish choralarini ko`rmoqda.
Yo`l-transport hodisasi tufayli halok bo`lgan yurtdoshlarimiz yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.






