Amirlik Er ishlari boshqarmasi taqdim etgan statistik ma`lumotlariga ko`ra, Dubaydagi ko`chmas mulkning 30% ayollarga tegishli ekan, deb yozadi islom.uz. nashri.
“Ko`chmas mulk egalari ro`yxati 220 millat vakillaridan iborat bo`lib, Dubay hukumati sarmoyadorlar, shu jumladan ayollar haq-huquqlarini ximoya etishdan fahrlanadi” deydi boshqarma boshlig`i Sulton Butti ibn Mejren.
Yaqinda joriy qilingan blokcheyn texnologiyasi tufayli ko`chmas mulkni ro`yxatdan o`tkazish uchun 30 daqiqa kifoya. Mazkur texnologiya oldi-sotdi bitimlarining xavfsizligi va shaffofligini ham ta`minlaydi.
2020 yilga qadar dunyoni xohlagan nuqtasidan turib ko`chmas mulkni mustaqil ravishda ro`yxatdan o`tkazish xizmati ishga tushirilishi ko`zda tutilgan.
Ma`lumot uchun: har yili Dubayda qariyb 75 ming ko`chmas mulk oldi-sotdi bitimlari rasmiylashtiriladi.






