Marsda hayot bormi? Bu savolga endi o`rin qolmadi. Olimlar Quyoshdan to`rtinchi sayyorada katta miqdorda suv zaxirasi borligini aniqladilar, deb yozadi “Mir novostey” haftanomasi.
“Mars-Odissey” zondi olgan fotosuratlarni sinchiklab tahlil qilgan olimlar Qizil sayyoraning Qutb atrofi hududlari va ekvatorning tropik zonasida ulkan muz qatlami mavjud, degan xulosaga keldirlar.
Mohiyatan olganda, Marsdagi suv zaxirasini Antarktidani qoplagan muz hajmiga tenglashtirish mumkin. Yaqinda Qizil sayyorada 10 ming kishiga mo`ljallangan shahar qurilishi bo`yicha loyiha ishlab chiqarildi. Endi Marsga “hujum” boshlansa, ajab emas!







