“Tesla” kompaniyasi buyurtmachi mijozlarga quyosh panelli tom qoplamalarini o`rnatishni boshladi. U tashqi ko`rinishidan oddiy cherepisadan farq qilmaydi, deya xabar qilmoqda Krovportal.ru nashri.
Plastinalarning mustahkamligi maxsus shisha yordamida aniqlangan. Energiyani to`plash uchun panel komplektiga Power Wall batareyalari kiritilgan.
“Tesla” taqdim etayotgan tomlarning kvadrat metri mijozga 220 AQSh dollariga tushmoqda. Bu kompaniya berayotgan 30 yillik kafolat bilan qo`shib hisoblaganda juda arzonligi qayd etilmoqda.







