AsosiyJamiyat

«Navoiy» EIZda kompozit plita va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

'«Navoiy» EIZda kompozit plita va arxitektura qurilmalari ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

«Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida turli yo`nalishlarda istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Ulardan biri marmar, granit va kompozit tosh mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Gazgan Marble Group xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonaning innovasion loyihasidir, deb xabar beradi O`zA.

Loyiha «O`zsanoatqurilishbank»ning 23 million dollar kredit ko`magida amalga oshiriladi va Navoiy viloyatida eksportbop, import o`rnini bosuvchi tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Loyihaning afzallik tomonlari shundaki, dunyoda ushbu sohada etakchi hisoblangan Italiyaning Breton S.P.A. kompaniyasi innovasion texnologiyasi asosida tosh chiqindilaridan ekologiyaga zarar etkazmaydigan kompozit tosh va arxitektura qurilmalarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi.

Buning natijasida Navoiy viloyatining 300 nafar yigit-qizi uchun yangi ish o`rinlari yaratilishi bilan birga yiliga 300 ming kvadrat metr ichki va tashqi bozorda yuqori talabga ega zamonaviy bezaklovchi qurilish materiallari ishlab chiqaradigan innovasion kompleks yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar