AsosiyDunyo

10 yoshli bola maktabda otishma uyushtirishi haqida tahdid qilgani uchun hibsga olindi

'10 yoshli bola maktabda otishma uyushtirishi haqida tahdid qilgani uchun hibsga olindi'ning rasmi

Nyu-Jersida 10 yoshli bola maktabda otishma uyushtirishi haqida tahdid qilgani uchun hibsga olindi, deya xabar berdi ABC nashri.

Maktab o`qituvchisi elektron pochta orqali noma`lum shaxsdan xat olganligini bildirish uchun kechasi soat 1:20da polisiyaga murojaat qildi. Xatda maktabda 3-sinfdan 6-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar orasida otishma uyushtirilishi haqida bayon etilgan edi.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan IP-manzil bo`yicha jo`natuvchining shaxsi aniqlandi. U Franklin Township maktabining o`quvchisi.

Hozirda bolaning ruhiy holati tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar