Amerika kinoakademiyasi tomonidan “Eng yaxshi aktyor” nominasiyasida ilgari surilgan nomzodlar yosh jihatidan turfa xil bo`lsa-da, aktyorlar o`z rollarini qoyilmaqom etib ijro etishgan, deb yozmoqda Inosmi.ru nashri.
Besh nomzod ichida, aftidan, Geri Oldmen yoki Deniel Dey Lyuisga haykalcha topshirilishi kutilmoqda, negaki, “Xayoliy rishta” Denielning so`nggi roli, Oldmen esa “Oskar”ga xos bo`lgan siyosiy mavzudagi filmda suratga tushgan.
Timoti Shalame – “Meni o`z ismim bilan chaqir” (Elio Perlman roli uchun)

Deniel Dey Lyuis – “Xayoliy rishta” (Reynolds Vudkok roli uchun)

Deniel Kaluya – “Yo`qol” (Kris Vashington roli uchun)

Geri Oldmen – “Zulmat zamonasi” (Uinston Cherchill roli uchun)

Denzel Vashington – “Roman Isroil, Esq” (Roman J. Isroil roli uchun)







