AsosiyJamiyat

Buxoro shahrida elektromobillar qatnovi yo`lga qo`yildi

'Buxoro shahrida elektromobillar qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Ko`hna Buxoroning qadimiy ko`chalari bo`ylab elektromobillar qatnovi yo`lga qo`yildi, deb yozadi «Xalq so`zi».

«Sayyohlar uchun yaratib berilgan katta qulaylik, ya`ni vizasiz kelish imkoniyatidan foydalanib, yurtingizga oilaviy tashrif buyurdik. Buxoroning ertakmonand ko`chalari bo`ylab elektromobilda sayr-u sayohat qilish barchamizga, ayniqsa, farzandlarimga bir olam zavq bag`ishladi», — deydi yaponiyalik sayyoh Nixato Kasaxara.

Qayd etilishicha, Labi Hovuzdan Poyi Kalon va Ark qo`rg`onigacha bo`lgan masofada yuzdan ziyod qadimiy obidalar joylashgan.

«Shu yo`nalishda hozir ekologik toza hamda xavfsiz avto turi sanalgan to`rtta ixcham mashina harakatlanmoqda. Tez orada ular soni yana 20 taga ko`payadi», — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar