Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2 mart kuni Navoiy viloyatida bo`ldi.
Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining Navoiyga tashrifiga bag`ishlangan videorolikni namoyish etdi. Unda Shavkat Mirziyoevning viloyat aholi bilan uchrashuvlarida aytgan eng muhim fikrlari o`rin olgan.






