1

Xitoylik 2,5 tonna tangaga yangi avtomobil xarid qildi

Dunyo 21.05.2014, 12:11
Xitoylik 2,5 tonna tangaga yangi avtomobil xarid qildi

Xitoy fuqarosi yangi avtomobil uchun 1 yuandan 5 tonnalik tanga to`lamoqchi bo`ldi. Ammo, sotuvchi faqatgina 2,5 tonna pulni qabul qildi, deb yozadi Chinatopix portali. 

U Soueast  modelini 100 ming yuan (16 ming AQSh dollari) evaziga sotib olib, Ginnes rekordlari kitobiga kirdi.  

Qayd etilishicha, xaridor avtosalon rahbariyatini tangalar bilan to`lashi haqida ogohlantirgan. Mijozni qo`ldan chiqarmaslik maqsadida menejer rozi bo`ladi. Ammo ushbu tangalarni hisoblash avtosalon xodimlari zimmasiga tushdi. Bir necha soat ichida faqatgina 50 ming tanga hisoblandi. Xaridor ushbu vaqt davomida kino ko`rish bilan band bo`ldi. 

Oqibatda avtosalon rahbariyati sabri to`lib, qolgan summani kredit karta orqali to`lashni so`radi va xaridor bunga rozi bo`ldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1