AsosiyJamiyat

O`zbekiston orqali tranzit yuklar olib o`tish tartibi soddalashdi

'O`zbekiston orqali tranzit yuklar olib o`tish tartibi soddalashdi   'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5366-sonli farmoniga binoan respublika hududi orqali yuklar tranziti tartibi soddalashtirildi, deb xabar qilmoqda Tashqi savdo vazirligi.

Yangi farmonga ko`ra, 2018 yilning 1 martidan boshlab aksiz solig`iga tortiladigan yuklarni avtomobil yoki temiryo`l transporti orqali respublika hududidan olib o`tganda Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi talab qilinmaydi.

Undan tashqari, O`zbekiston hududi orqali spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini tranzit qilish uchun mamlakat bojxona organlarining depozit hisob varag`iga tegishli to`lovlarni amalga oshirib, mahsulot O`zbekiston hududidan chiqib ketgach, pulni qaytarish tartibi ham bekor qilindi.

O`zbekiston Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaevning aytishiga qaraganda, ushbu o`zgarishlar O`zbekiston hududi orqali yuklar tranzitini amalga oshirishni soddalashtirib, transport qatnovi hajmini yanada ko`paytirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar