1

"Oskar 2018" o`tgan yilgidan farqli ravishda hech qanday janjallarsiz va ortiqcha shov-shuvlarsiz o`tdi

Dunyo 05.03.2018, 14:06
"Oskar 2018" o`tgan yilgidan farqli ravishda hech qanday janjallarsiz va ortiqcha shov-shuvlarsiz  o`tdi

Gollivudda Amerika kinoakademiyasining bosh mukofoti bo`lgan “Oskar”ni topshirish marosimi o`z nihoyasiga etdi. Mazkur marosim o`tgan yilgidan farqli ravishda hech qanday xatolarsiz va janjallarsiz o`tdi.

Uning natijasi quyidagicha bo`ldi:

1. Eng yaxshi film so`zsiz sevgi namoyish etilgan, his-tuyg`ular chegarasidan oshib o`tilgan “Suv shakli”.

2. Eng yaxshi aktrisa Frensis Makdormand – “Missurining Ebbing chegarasida uch bilbord” (Mildred Xeyz roli uchun) .

3. Eng yaxshi aktyor Geri Oldmen – “Zulmat zamonasi” (Uinston Cherchill roli uchun).

4. Eng yaxshi rejissyorlik ishi Gilermo del Toro – “Suv shakli”

5. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa Ellison Jenni – “Tonya hammaga qarshi” (Lavona Golden roli uchun ).

6. Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor Sem Rokuell — “Missurining Ebbing chegarasida uch bilbord” (Jeyson Dikson roli uchun)

7. Eng yaxshi maxsus effektlar Jon Nelson, Gerd Nefser, Pol Lambert va Richard R. Guver – “Tig` uzra yuguruvchi 2049” filmi

8. Eng yaxshi animasion to`liq metrajli film “Kokoning siri” Coco (Li Ankrich va Darla K. Anderson).

9. Eng yaxshi original ssenariy Jordan Pil – “Yo`qol!”filmi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1