AsosiyJamiyat

​Baliqchi tumanida shar`iy nikoh bilan yashayotgan 17 ta oila rasmiy nikohdan o`tdi

'​Baliqchi tumanida shar`iy nikoh bilan yashayotgan 17 ta oila rasmiy nikohdan o`tdi'ning rasmi

Baliqchi tumanida 80 ming nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Ularni har tamonlama qo`llab-quvvatlash maqsadida mehnat jamoalari, ta`lim muassasalari va mahallalarda o`tkazilayotgan muloqot va uchrashuvlarda opa-singillarimizni qiynayotgan muammolar aniqlanib, bartaraf etish choralari ko`rilmoqda. Jumladan, tumandagi mavjud 36 mahalla fuqarolar yig`inida muloqotlar tashkil etildi. Joriy yilning o`tgan davrida joylarda o`tkazilgan sayyor qabullarda 42 murojaat qabul qilindi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo`yicha zarur ishlar olib borildi. Jumladan, shar`iy nikoh bilan yashayotgan 17 oila rasmiy nikohdan o`tish uchun FHDYo bo`limiga ariza topshirdi, 2 ta erta nikohning, 63 ta ajrimning oldi olindi.

Tumanda yordamga muhtoj bo`lgan va og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan opa-singillarimiz, shu jumladan, nogironligi bo`lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko`rsatish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandlikka jalb etish masalalariga alohida e`tibor qaratilmoqda. Jumladan, 25 nafar og`ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizga psixologik yordam ko`rsatildi. Bundan tashqari, 24 nafar jinoyat sodir etgan hamda 50 dan ortiq notinch oilaga “Qaynonalar kengashi” jamoatchilik uyushmasi vakillari, faol ayollar, psixologlar mas`ul etib biriktirildi, ularning muammolari o`rganilib, hal etish choralari ko`rildi.

Shuningdek, 2 nafar turar joyga muhtoj fuqaroga to`lovlarsiz uy-joy berildi, 8 nafar nogiron, uy-joyga muhtoj xotin-qizni yangi uy-joy bilan ta`minlash borasida ishlar olib borilmoqda. 35 nafar og`ir sharoitda yashayotgan ayollar oilalariga suyultirilgan gaz ballonlari va maishiy texnika vositalari berildi. 400 nafarga yaqin mahalla faollarini qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning “Salomatlik maktabi”ga biriktirish orqali xotin-qizlar o`rtasida reproduktiv salomatlikni mustahkamlash borasida amaliy ishlar ko`lami kengaytirilmoqda.


Go`zalxon Dehqonova,

Baliqchi tumani hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi.

    Boshqa yangiliklar