1

Rossiyada muddatidan avval 10 ming nafar kishi saylovlarda ovoz berib bo`ldi

Dunyo 05.03.2018, 16:55
Rossiyada muddatidan avval 10 ming nafar kishi saylovlarda ovoz berib bo`ldi

Rossiya prezidentliga o`tkazilayotgan saylovlarda 10 ming kishi muddatdan avval ovoz berdi. TASSning xabar berishicha, dushanba kuni mamlakat Markaziy Saylov komissiyasi a`zosi Aleksandr Klyukin ma`lum qilgan.

28 fevral kuni MSK 2,9 ming kishining muddatdan avval ovoz bergani aytilgandi. Muddatdan avalgi saylovlar, chekka hududlarda va saylov kuni qirg`oqqa etib kelolmaydigan kemalarda, qutbdagi va meteorologik stansiyalarda, qo`riqxona va ov xo`jaliklarida 25 fevraldan buyon o`tkazilmoqda.

Xabar qilinishicha, 2,2 million saylovchi o`zining vaqtincha yashash joyidan ovoz berishni istab ariza bergan. Rossiya federasiyasida Prezident saylovi 18 mart kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1