AsosiyJamiyat

Milliy antidoping agentligiga direktor tayinlandi

'Milliy antidoping agentligiga direktor tayinlandi'ning rasmi

Hukumat qaroriga asosan, Nodirjon Botirovich Tursunov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Eslatib o`tamiz, Milliy antidoping agentligi sportda doping qo`llanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksiga asoslangan milliy antidoping qoidalarini joriy qilish, shuningdek ularga rioya etilishini ta`minlashni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar