AsosiyJamiyat

IIO xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to`lash tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma tasdiqlandi

'IIO xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to`lash tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma tasdiqlandi'ning rasmi

Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda to`lash tartibi to`g`risidagi yo`riqnoma Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi, deb xabar qiladi vazirlikning "Huquqiy axborot" kanali.

Yo`riqnomaga asosan ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a`zolariga pensiyaning quyidagi turlari tayinlanadi:

  • xizmat muddatini o`taganligi bo`yicha pensiyasi (uni olish huquqi mavjud bo`lganda);
  • nogironlik pensiyasi;
  • boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi.

Bundan tashqari ichki ishlar organlari xodimlari yoki ularning oila a`zolariga bir marta to`lanadigan:

  • xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo`shatilayotgan xodimlarga to`lanadigan nafaqa;
  • ichki ishlar organi pensioneri vafot etganligi munosabati bilan dafn etish marosimi uchun uning oila a`zolariga tayinlanadigan nafaqa ham tayinlanadi.

Xizmatdan pensiyaga chiqish munosabati bilan bo`shatilgan xodimga pensiya tayinlash uchun zarur bo`lgan hujjatlar ichki ishlar organlarining kadrlar (bosh) boshqarmalari tomonidan qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar