AsosiyJamiyat

Nukus oliy sport maktabi tashkil etiladi

'Nukus oliy sport maktabi tashkil etiladi'ning rasmi

Olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha Nukus oliy sport maktabini tashkil etish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Qarorga asosan Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasining Nukus shahridagi yangi sport majmuasi negizida Olimpiya va sport turlari bo`yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi tashkil etiladi.

Oliy sport mahorat maktabining asosiy vazifalaridan biri sifatida sportning olimpiya va sport turlari bilan shug`ullanish uchun zarur sport ko`rsatkichlari, sport salohiyati, sportning tanlangan turi bo`yicha professional ko`nikmalar va mahoratga ega bo`lgan iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlab olish belgilanmoqda.

    Boshqa yangiliklar