AsosiyJamiyat

FVV qor ko`chish xavfidan ogohlantirdi

'FVV qor ko`chish xavfidan ogohlantirdi'ning rasmi

O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, Chimyon hududida 6 mart soat 8:00dan boshlab, 7 mart soat 8:00 gacha qor ko`chish xavfi e`lon qilindi.

Shu bois tog` yonbag`irlarida dam olayotganlar ehtiyotkorlik choralarini ko`rishi va «Diqqat! Qor ko`chish xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan hududlarga kirmaslik tavsiya qildindi.

Shuningdek, respublikaning boshqa tog`li hududlarida qor ko`chish xavfi 10 mart kunigacha davom etishi mumkin.

Avariya yoki boshqa noxush holatlar vujudga kelganda FVVning (+99871) 147-10-50 tezkor raqamiga murojaat etish lozim.

    Boshqa yangiliklar