AsosiyJamiyat

Lola Karimova-Tillaeva O`zbekiston gimnastika federasiyasi prezidentligidan ham ketmoqda

'Lola Karimova-Tillaeva O`zbekiston gimnastika federasiyasi prezidentligidan ham ketmoqda'ning rasmi

Lola Karimova-Tillaeva Facebook’dagi sahifasiga Los-Anjelesda Ser Elton Jonning OITSga qarshi kurash Fondi tomonidan tashkil etilgan xayriya kechasida turmush o`rtog`i bilan tushgan suratini joyladi va O`zbekiston gimnastika federasiyasi Prezidentligi lavozimini tark etayotganini ma`lum qildi.

«Men ushbu post orqali, mana 13 yillik faoliyatimdan so`ng, O`zbekiston gimnastika federasiyasi Prezidentligi lavozimini tark etishga majbur ekanligimni e`lon qilmoqchiman. Men barcha sportchilarimiz, federasiyaning butun murabbiylar jamoasi hamda barcha ishchi xodimlariga a`lo bajarilgan faoliyatlari, ushbu sport turini yuqori darajaga ko`tarishdagi hissalari, uning rivojlanish yo`lidagi tinimsiz mehnatlari hamda g`ayratlari uchun chin dilimdan tashakkur bildirmoqchiman. Osiyo Gimnastika Ittifoqining faxriy Prezidenti lavozimini saqlab qolgan holda, men ushbu ajoyib sport turining ashaddiy muhlislaridan bo`lib qolaman hamda bizning o`zbek gimnastlarimizga kelgusi faoliyatlarida omad va g`alabalar tilayman!» — deb yozdi u.

Avvalroq Lola Karimova-Tillaeva O`zbekistonning YuNESKOdagi elchisi sifatidagi faoliyatini yakunlaganini ma`lum qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar