AsosiyJamiyat

Mast haydovchi YPX xodimini urib, yana to`rtta avtomobilni shikastladi

'Mast haydovchi YPX xodimini urib, yana to`rtta avtomobilni shikastladi'ning rasmi

Toshkent shahrining M.Ulug`bek tumanida 4 mart kuni soat 20.30larda Bo`z 2-daha 6-uy 5-xonada yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan T.Djemalyadinov mast holda boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini M.Ulug`bek ko`chasida haydab ketayotib shu erda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YXHB YPX katta inspektori, katta leytenant A.Po`latovni urib yuborgan.

Bu haqda dushanba kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Bundan tashqari, T.Djemalyadinov va shu erda harakatlanib ketayotgan S.Yunusov boshqaruvidagi «Malibu» rusumli va S.Abdullaev boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomashinalari bilan to`qnashuv sodir etib, yo`l chetida to`xtab turgan E.Jo`raev boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasiga urilib, to`qnashuv sodir etgan.

Natijada katta leytenant A.Po`latovga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar