AsosiyJamiyat

Sport sohasidagi korrupsiya holatlari bilan maxsus boshqarma shug`ullanadi

'Sport sohasidagi korrupsiya holatlari bilan maxsus boshqarma shug`ullanadi'ning rasmi

Xabar berilganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari negizida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish belgilandi.

Farmon bilan yangi vazirlikning markaziy apparati tuzilmasida sport faoliyatini tashkil qilishda asoslilik, ob`ektivlik va shaffoflikni ta`minlashga, shu jumladan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ajratilgan davlat moliyaviy mablag`laridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, aholining sport xizmatlaridan qoniqish darajasi va sport xizmatlaridan foydalana olish shart-sharoitlarini baholash, shuningdek, korrupsiya va boshqa suiiste`molchilik holatlarini aniqlash uchun mas`ul bo`lgan Jismoniy tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasi tuziladi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi va uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo`linmalari negizida O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg`armasi va uning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo`linmalari tuziladi.

Hujjatda hududiy boshqarmalarga bo`ysinadigan va Jamg`arma hisobidan moliyalashtiriladigan tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo`limlari ham tashkil qilinishi ko`zda tutilgan.

Farmonning to`liq matni bilan ushbu havolada tanishish mumkin.

    Boshqa yangiliklar