FVV xodimlari tomonidan olingan xabardan so`ng, tezkor harakatlar natijasida suvda cho`kib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi va unga yordam ko`rsatildi.
Joriy yilning 4 mart kuni soat taxminan 17:00da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchisiga fuqaro S.Quvvatov telefon qilib, Yakkasaroy tumanida joylashgan “Qashqadaryo milliy taomlari kafesi yonidan oqib o`tuvchi Salar kanalida shaxsi noma`lum kishi cho`kayotgani xabar qilingan.
Qutqaruvchi g`avvoslar zudlik bilan voqea joyiga etib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida kanalda cho`kayotgan fuqaroni suvdan olib chiqishadi va sun`iy nafas berish yo`li bilan uning yurak faoliyatini tiklashdi.
Qutqaruvchilar jabrlanuvchini malakaviy tibbiy yordam olishi uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga topshirishdi.
Qutqaruvchilar o`z vaqtida harakat qilib, yana bir insonning hayotini saqlab qoldilar.







