AsosiyDunyo

Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o`rnatiladi

'Dushanbeda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o`rnatiladi'ning rasmi

5 mart kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakat poytaxtidagi “Yoshlikning 50 yilligi” istirohat bog`ining nomini o`zgartirish va unga yangi yodgorliklar o`rnatish to`g`risidagi farmoyishni imzoladi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Farmoyishga muvofiq, Tojikiston poytaxti hokimi shahar xalq deputatlari majlisiga Dushanbedagi Bexzod ko`chasida joylashgan istirohat bog`ining nomini “Nizomiddin Alisher Navoiy” deb qayta nomlash bo`yicha taklif kiritishi lozim.

Mazkur bog`da O`zbekiston va Tojikiston xalqlari do`stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o`rnatiladi.

    Boshqa yangiliklar