1

Noma`lum erkak aktrisaning Oskar mukofotini o`g`irladi

Dunyo 06.03.2018, 14:56
Noma`lum erkak aktrisaning Oskar mukofotini o`g`irladi

Noma`lum erkak Oskar mukofoti topshirilganidan so`ng aktrisa Frensis Makdormandning haykalchasini o`g`irlashga urindi, deb yozadi RBK nashri.

Aktrisa mehmonlar bilan suhbatlashayotganda o`g`ri statuetkani olib, qochishga urindi.

Makdormand Facebook sahifasida haykalchani ushlagan holda video ham qoldirishga ulgurdi.

Keyinchalik o`g`ri polisiya hodimlari tomonidan qo`lga olindi va 20 ming AQSh dollari miqdorida jarima to`laydigan bo`ldi. U 47 yoshli Terri Brayant bo`lib chiqdi. Polisiyaning aytishicha u tadbirga chipta orqali kirgan.

Haykalcha tezda o`z egasiga qaytarildi. Eslatib o`tamiz, Frensis Makdormand Oskar mukofotini «Ebbing chegarasidagi uch bilbord» filmidagi bosh roli uchun olgan edi.



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1