1

Turkiyada 65 nafar harbiy dengiz kuchlari ofiserlari bir umrlik qamoq jazosiga xukum qilindi

Dunyo 06.03.2018, 21:06
Turkiyada 65 nafar harbiy dengiz kuchlari ofiserlari bir umrlik qamoq jazosiga xukum qilindi

Turkiya sudi 65 nafar harbiy dengiz floti ofiserlarini 2016 yilda bo`lib o`tgan davlat to`ntarilishida qatnashganlikda ayblab, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qildi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Takidlanishicha, 18 nafar ofiser bir umrlik qamoq jazosiga, qolgan 47 nafari esa kuchli nazorat sharoitidagi bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan.

Fevral oyida Turkiya sudi tomonidan quruqlik qo`shinlari bilim yurtining 64 nafar o`qituvchi va kursantlari davlat to`ntarilishida ayblanib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

2016 yil 16 iyul kuni isyonchilar guruhi Turkiyada harbiy to`ntarish o`tkazishga urinishgan. Asosiy qarama-qarshilik Anqara va Istambul shaxarlarida sodir bo`lgan. Oqibatda 240 dan oshiq Turkiya fuqarolari haloq bo`lgan, 2 mingga yaqin kishi yaralangan, isyon bostirilgan.

Turkiyada isyondan so`ng 50 minga yaqin odam hibsga olingan, 140 minga yaqin davlat xizmatchilari va harbiylar ishdan bo`shatilgan. Turkiya hukumati isyonga aloqadorlikda islom targ`ibotchisi Fetxulla Gyulenning FETO oppozision tashkilotini ayblamoqda. Hozirda AQShda yashayotgan Gyulen esa bu ayblovlarni tan olmadi va isyonni qoraladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1