"O`zbekiston havo yo`llari" charter reysi orqali 6 mart kuni 100 dan ortiq o`zbek qo`shiqchilari, raqqoslari va musiqachilari Dushanbega etib kelishdi.
Ular 9 mart kuni bo`lib o`tadigan "Do`stlik oqshomi" konsertida chiqish qilishadi. Tojikiston tomondan 150ga yaqin qo`shiqchi, musiqachi va raqqoslar chiqishi rejalashtirilgan.
Ikki davlat rahbarlaridan tashqari bayramona tadbir tomoshabinlari qatoridan O`zbekiston rasmiy delegasiyasi a`zolari, Tojikiston hukumat va parlament a`zolari, jamoatchilik vakillari ham o`rin oladi.
O`zbek artistlari guruhida Yulduz Usmonova, Sherali Jo`raev, Farux Zakirov, Ozodbek Nazarbekovlar bor. Tojikiston tomondan konsertda Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova va opera qo`shiqchisi Rustam Duloevlar ishtiroki nazarda tutilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon taklifi bilan 9-10 mart kunlari Dushanbeda rasmiy tashrif bilan bo`lishi rejalashtirilgan.






