AsosiyDunyo

Yaponiyada ilk bor harbiy dengiz flotini ayol kishi boshqaradi

'Yaponiyada ilk bor harbiy dengiz flotini ayol kishi boshqaradi'ning rasmi

Yaponiya tarixida birinchi bor harbiy dengiz flotini ayol ofiser boshqaradigan bo`ldi. Birinchi rang kapitani Ryoko Adzuma mingga yaqin askarga boshchilik qiladi.

Yangi lavozimni topshirish marosimi Yokosuka dengiz-harbiy bazasida tashkil etildi. Mamlakat hukumati shunday sharafli lavozimga ayol kishining tayinlanishi qurolli kuchlarda ayollarning sonini oshirishga yordam berishiga ishonmoqda. Hozirda ayollar yapon armiyasining 6%ni tashkil qilmoqda.

44 yoshli Adzuma Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan beri qurilgan eng yirik harbiy kema – vertolyot tashuvchi “Idzumo”ga boshchilik qiladi. U bir vaqtning o`zida etti dona harbiy vertoletni va 500 nafar askarni sig`dira oladi.

    Boshqa yangiliklar