Keyingi paytlarda Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Zarkent-Jahongir” fermer xo`jaligi rahbari ko`p qatori dalasida dehqonchilik ishlarini amalga oshirayotgan edi.
Bu sa`y-harakatlar noma`lum shaxslarning e`tiborini tortdi. Shu maqsadda ular joriy yil 1 mart kuni hech kim yo`qligidan foydalanib, fermer xo`jaligi maydoniga taxlab qo`yilgan bahosi 6 million 290 ming so`m bo`lgan 370 beton to`sinlarni o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar davomida ushbu jinoyatni (ism-shariflar o`zgartirilgan) hech qaerda ishlamaydigan, tumanda yashovchi 1988 yilda tug`ilgan S.Burhonov va 1997 yilda tug`ilgan A.Jamolovlar moddiy manfaat ko`rish maqsadida sodir etganligi aniqlandi. Aybdorlar qo`lga olinib, O`zbekiston Respblikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Daliliy ashyo sifatida beton to`sinlar egasiga qaytarildi.
07.03.2018 12:26
Fermer xo`jaligini talon-taroj qilgan "shovvozlar" ushlandi






