AsosiyJamiyat

Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o`rtasidagi chegara ochildi (foto)

'Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o`rtasidagi chegara ochildi (foto)'ning rasmi

Kecha, 7 mart kuni Surxondaryo viloyati va qo`shni Tojikistonning Xatlon viloyati o`rtasidagi «Amuzang» («Hoshadi») chegara postining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning feysbukdagi sahifasida ma`lum qilingan.

«Qo`shnichilik munosabatlari, do`stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, qo`shni davlatga borish-kelishdagi to`siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarga barham berish maqsadida muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Surxondaryo va Xatlon viloyatlari o`rtasidagi «Amuzang» chegara postining rasmiy ochilishi marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda so`z olganlar ikki xalq o`rtasidagi do`stlik rishtalari qadim tarixga ega ekanligi, ushbu xayrli ish kelgusida iqtisodiy, madaniy va yaqin qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo`lida yangi sahifalar ochishini ta`kidlashdi. Chegara postining ochilishi asrlar davomida qo`shni yashayotgan, dili va dini bir bo`lgan, ikki tilda so`zlovchi bitta xalqni behad quvontirdi», deyilgan xabarnomada.

Tantanali tarzda va do`stona muhitda o`tgan marosimlarda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Xatlon viloyati hokimi Davlatsho Gulmaxmadzoda qatnashdi.


    Boshqa yangiliklar