Shu kunlarda dunyoning eng xavfli shaharlari 50 taligi e`lon qilindi, deya xabar berdi Segodnya nashri.
Ushbu reyting bo`yicha birinchi o`rinda Meksikaning Los Kabos shahri – 2017 yili har 100 ming aholiga 111,33 ta qotillik to`g`ri kelgan.
Ikkinchi o`rin Venesuela poytaxti Karakas shahriga “nasib” etdi.
Uchinchi o`rinda Meksikaning kurort shahri – Akapulko.
Bundan tashqari ro`yxatga JAR shaharlari – Keyptaun, Durban va Nelson Mandela Bey, AQShning beshta shahri – Sent-Luis, Baltimor, San-Xuan (Puerto-Riko), Yangi Orlean va Detroyt ham kirgan.
Ta`kidlash lozimki, ushbu ro`yxatga Evropa yoki Osiyoning hech bir shahri kirmagan.







