Ispaniyada Xalqaro xotin-qizlar kuni 24 soatlik umummilliy ish tashlash bo`lib o`tmoqda, deya yozmoqda RIA Novosti nashri.
Yalpi feministik ish tashlashning shiori – “Bizsiz dunyo to`xtab qoladi!”
Ish tashlovchilarning talablari asosan erkaklar bilan ayollarning teng huquqli oylik maosh olishi (ma`lum bo`lishicha, Ispaniyada ayollar erkaklardan 23 foiz kam maosh olishar ekan)dan iborat bo`ldi.
OAV sohasida faoliyat olib boruvchi 7,7 ming ayollar 8 mart kuni ishga chiqishmagan.






