O`zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyada bo`lib o`tgan «First Friday Masters March 2018» musobaqasida birinchi o`rinni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston shaxmat federasiyasi rasmiy saytida xabar berilgan.
Xalqaro musobaqada Hindiston, Malayziya, Myanma, Filippin O`zbekiston va Vetnamdan 10 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
Gulruhbegim Tohirjonova musobaqa davomida birorta mag`lubiyat qayd etmadi. U 9 turning beshtasini durang bilan yakunlagan bo`lsa, 4 bor g`alaba qozondi. Shu tariqa Gulruhbegim 6,5 ochko jamg`arib, birinchi o`rinni qo`lga kiritdi.






